inPAY CardSystem
API Documentation
UZCARD va HUMO kartalaridan to'g'ridan-to'g'ri to'lov qabul qilish uchun professional API integratsiyasi — 3 bosqichli jarayon
Autentifikatsiya
Har bir so'rovda kerakli ma'lumotlar
Barcha so'rovlarda merchant_id va token majburiy. Bu ma'lumotlarni faqat server-side kodda saqlang.
define('INPAY_MERCHANT_ID', '1353'); define('INPAY_MERCHANT_TOKEN', '6a7bf375b302cfcda6692e6f60402cb3'); define('INPAY_BASE_URL', 'https://inpay.uz/api/v1/');
API Endpointlar
3 bosqichli to'lov jarayoni
To'lovni boshlash uchun birinchi qadamda transaction yaratiladi. Muvaffaqiyatli bo'lsa cardsystem_order_id qaytariladi.
{
"merchant_id": "1353",
"token": "6a7bf375b302cfcda6692e6f60402cb3",
"amount": 50000,
"description": "Mahsulot uchun to'lov",
"payment_method": "cardsystem",
"callback_url": "https://yoursite.com/callback.php",
"order_id": "ORDER_123456"
}| Parametr | Tip | Majburiy | Tavsif |
|---|---|---|---|
| merchant_id | string | ✓ Ha | Merchant identifikatori |
| token | string | ✓ Ha | API token |
| amount | float | ✓ Ha | To'lov summasi (so'm) |
| description | string | — Ixtiyoriy | To'lov tavsifi |
| payment_method | string | ✓ Ha | Har doim "cardsystem" |
| callback_url | string | — Ixtiyoriy | To'lov natijasi yuboriladi |
| order_id | string | ✓ Ha | Noyob buyurtma identifikatori |
{
"success": true,
"message": "Transaction yaratildi",
"cardsystem_order_id": "TRX_1738584451_5678",
"amount": 50000,
"status": "pending"
}{
"success": false,
"message": "Merchant topilmadi"
}1-qadamdan olingan cardsystem_order_id va karta ma'lumotlarini yuborish. SMS kod mijoz telefoniga yuboriladi.
{
"cardsystem_order_id": "TRX_1738584451_5678",
"card_number": "8600123456789012",
"exp_month": "12",
"exp_year": "27"
}{
"success": true,
"message": "SMS kod yuborildi",
"data": {
"cardsystem_order_id": "TRX_1738584451_5678",
"hash_token": "a1b2c3d4e5f6...",
"amount": 50000,
"phone": "+998901234567",
"next_step": "/api/v1/cardsystem/verify"
}
}Mijoz kiritgan OTP kodni yuborib to'lovni yakunlash.
{
"hash_token": "a1b2c3d4e5f6...",
"otp_code": "123456"
}{
"success": true,
"message": "To'lov muvaffaqiyatli",
"data": {
"cardsystem_order_id": "TRX_1738584451_5678",
"amount": 50000,
"status": "success",
"paid_at": "2025-02-03 14:30:45"
}
}To'lov Jarayoni
3 bosqichli integratsiya sxemasi
POST /api/v1/create/ — merchant ma'lumotlari va summa yuboriladiPOST /api/v1/cardsystem/create/ — karta raqami va muddati yuboriladi. Mijoz telefoniga SMS.POST /api/v1/cardsystem/verify/ — OTP yuboriladi. To'lov yakunlanadi.callback_url ko'rsatilgan bo'lsa, to'lov natijasi serveringizga POST orqali yuboriladi.Kod Namunalari
PHP, JavaScript va Python
Xatoliklar
HTTP status kodlar va keng tarqalgan xatoliklar
Xavfsizlik
Majburiy talablar, qoidalar va maxfiylik siyosati
- Har doim HTTPS ishlatish
- Token va credential larni server-side saqlash
- Request validation va input sanitization
- Rate limiting va IP cheklov qo'shish
- Xavfsizlik hodisalarini 24 soat ichida xabar qilish
- Serverni muntazam patch va yangilash
- Token ni frontendda ochiq ko'rsatish
- Karta raqami, CVV, PIN saqlash
- OTP / SMS kodlarni loglash
- HTTP (shifrsiz) da ishlash
- Mijoz ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga berish
- 3-D Secure ma'lumotlarini kuzatish
1. Umumiy qoidalar
Kassa egasi (hamkor) inPAY CardSystem API orqali amalga oshiriladigan barcha to'lov operatsiyalarida mijozlarning shaxsiy va to'lovga oid ma'lumotlari maxfiyligini ta'minlashi shart. Ushbu ma'lumotlar faqatgina to'lovni amalga oshirish maqsadida va amaldagi qonunchilik doirasida qayta ishlanishi mumkin.
2. Karta ma'lumotlarini saqlashning taqiqlanishi
Hamkor quyidagi ma'lumotlarni to'plash, saqlash, loglash yoki uchinchi shaxslarga uzatishga haqli emas: karta raqami (PAN), amal qilish muddati, CVV/CVC kodlari, PIN-kodlar, 3-D Secure / OTP kodlari hamda boshqa autentifikatsiya ma'lumotlari. Ushbu talablar test muhitida ham to'liq amal qiladi.
3. Mijoz roziligisiz ma'lumotlardan foydalanish taqiqlanishi
Mijozlarning shaxsiy yoki to'lovga oid ma'lumotlaridan ularning aniq roziligisiz marketing, reklama, tahliliy yoki boshqa maqsadlarda foydalanish qat'iyan man etiladi.
4. Noqonuniy harakatlar uchun javobgarlik
Mijoz ma'lumotlaridan noqonuniy foydalanish, ruxsatsiz kirish, ma'lumotlarni o'zgartirish, nusxalash yoki yo'q qilish holatlari aniqlangan taqdirda, hamkor O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq moddiy, ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
5. Shartnomani bekor qilish huquqi
Xavfsizlik talablari buzilgan taqdirda, inPAY tomoni hamkor bilan tuzilgan shartnomani bir tomonlama tartibda ogohlantirishsiz va darhol bekor qilish huquqiga ega.
6. To'lov jarayonini kuzatish va aralashuvning taqiqlanishi
To'lov jarayonida yuboriladigan SMS-kodlar, OTP parollar, tasdiqlash kodlari, 3-D Secure ma'lumotlari yoki boshqa maxfiy axborotni yozib olish, kuzatish, tahlil qilish yoki uchinchi shaxslarga uzatish qat'iyan man etiladi.
7. Texnik xavfsizlik talablari
- API chaqiruvlari faqat HTTPS orqali amalga oshirilishi shart
- API tokenlar server tomonda saqlanishi, frontendda oshkor etilmasligi lozim
- Serverlar muntazam ravishda yangilanib, xavfsizlik patchlari o'rnatilishi shart
- Bruteforce, bot hujumlari va DDoS hujumlardan himoya mexanizmlari joriy etilishi lozim
- So'rovlar uchun rate limiting va IP cheklovlar joriy etilishi tavsiya etiladi
8. Audit va loglash
Kassa egasi o'z tizimida faqat texnik operatsion loglarni yuritishi mumkin. Loglarda karta raqami, CVV/CVC, OTP yoki boshqa maxfiy to'lov ma'lumotlari saqlanishi qat'iyan taqiqlanadi.
9. Xavfsizlik hodisalari haqida xabar berish
Agar ma'lumotlar sizib chiqishi, tizimga ruxsatsiz kirish yoki xavfsizlik buzilishi holati aniqlansa, hamkor 24 soat ichida inPAY texnik qo'llab-quvvatlash xizmatini xabardor qilishi shart.
10. Normativ talablarga muvofiqlik
Hamkor O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, xalqaro to'lov tizimlari (UZCARD, HUMO) talablari, shuningdek PCI DSS xavfsizlik standartlariga muvofiq faoliyat yuritishi shart.
Test Ma'lumotlari
Sandbox muhitida sinov uchun
8600 1234 5678 901212 / 27Har qanday 4–6 raqam9860 1234 5678 901212 / 27Har qanday 4–6 raqam